Bosh sahifa | smsxabar

Bosh sahifa

Xizmatlar
«Playmobile» MCHJ eng maqbul tariflar bo’yicha SMS-texnologiyalar xizmatlarini taklif etadi, ushbu xizmatlar Sizga mijozlarga axborot va reklama ahamiyatiga ega bo’lgan SMS xabarlar jo’natuvini tashkil etishga imkon beradi. Siz jiddiy ravishda to’g’ri munosabatda bo’lish dasturlari samaradorligini oshirasiz va mijozlaringiz bilan interaktiv aloqani soddalashtirasiz. Masalan, SMS jo’natuvlar servisi uyali aloqa abonentlarining mobil moslamalariga ko’p miqdordagi qisqa SMS xabarlarni jo’natish uchun mo’ljallangan apparat-dasturiy vositalar majmuasini tashkil qiladi.
SMS jo’natuvlar mobil marketingning eng keng tarqalgan turiga aylandi, bu hayratlanarli hol emas, axir bu axborot yetkazishning eng tezkor, texnik jihatdan oddiy va arzon usulida.
«SMSXABAR» xizmatining fazilatlaridan biri – bu xabarning manzilliligidir. Zamonaviy texnologiyalar yordamida jo’natuvlar matni ichida oluvchining ismi yoki kompaniyasining nomi aks etishi mumkin. Shu tufayli axborot yaxshiroq qabul qilinadi, axir u yordamida keng auditoriyaga emas aniq shaxsga murojaat etilgan bo’ladida. Statistika ma’lumotlariga ko’ra deyarli har bir olingan SMS xabar abonent tomonidan o’qilar ekan.
Yana bir muhim jihati borki, bunday ommaviy jo’natuvlar mavjud va potensial mijozlar bilan aloqa qilishning eng kamxarj usulidir.
Bundan tashqari, xabar jo’natilganda “yetkazib berilmasligi” xavfi mavjud emas: aloqa bo’lmasa ham va telefon o’chirilgan bo’lsa ham signal paydo bo’lgan hamon promo-matnlar yetkazib beriladi. Va nihoyat, “Shaxsiy kabinet” orqali jarayonni boshqarish soddaligi va qulayligi to’g’risida aytib o’tmasa bo’lmaydi, bunday “Shaxsiy kabinet”lar har bir hamkorga taqdim etiladi.
«SMSXABAR» xizmatidan foydalanish nafaqat iste’molchilar uchun muhim ma’lumotlarni yetkazishga imkon beradi, balki brendning, mahsulotning yoki xizmatlarning ommaviyligini oshiradi ham.
Qayd qilish lozimki, auditoriyaning SMS jo’natuvlar bo’yicha reklama kampaniyasiga javob berishi tezligi televideniye yoki radio orqali reklama qo’yishdan ancha yuqori, bosma nashrlarni esa gapirmasa ham bo’ladi. Statistika ma’lumotlariga ko’ra, abonentlarning deyarli 10 % xabar olgan kuni kompaniyaga murojaat etar ekan.
Quyidagi telefon orqali mazkur xizmat to’g’risida batafsil ma’lumotlar bilan Sizni bizning yuqori malakali mutaxassislarimiz mamnuniyat bilan tanishtiradilar: +(998)71 207-11-11.

smsxabar.uz